Mirziyoyev Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisini orden bilan mukofotladi

Jumladan, to‘rt nafar xorijliklar orden bilan taqdirlangan. Biroq Rossiya diplomati “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan yagona shaxs.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Lvovich Turdenev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonga imzo chekdi.

Vladimir Turdenev O‘zbekistonda ushbu orden bilan taqdirlangan yagona yuqori martabali diplomat.

Sodiq Safoyev orden bilan taqdirlandi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon MakGregor, AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli, J.Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari Frederik Starr, BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Xelena Freyzer “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevdan va yana bir guruh shaxslar va davlat xizmatchilari, jumladan, O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani xabar qilingan edi.