Flydubai samolyoti nosozlik tufayli Toshkentga qaytdi

Flydubai aviakompaniyasi matbuot-xizmati jurnalistlar uchun yopiqligicha qolmoqda
Sputnik

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Juma kuni kechasi Toshkentdan Dubayga tomon uchgan Flydubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-8KN samolyoti nosozlik tufayli O‘zbekiston poytaxtiga qaytib keldi, deb xabar bergan RIA Novosti nashriga Toshkent aeroporti xodimi.

Rossiyada samolyot favqulodda qo‘ndi: 233 kishining hayoti saqlab qolindi

Ilgariroq AviaSpotter Telegram-kanali Flydubai aviakompaniyasiga qarashli "Toshkent-Dubay" yo‘nalishi bo‘yicha 1942 raqamli reysni amalga oshirayotgan Boeing 737-8KN samolyoti soat 2.14 da O‘zbekiston poytaxtidan parvozni amalga oshirganligi, ammo 35 daqiqadan so‘ng respublika janubidagi Qashqadaryo viloyati osmonida burilishni amalga oshirib, 3.20da Toshkentga kelib qo‘ngani haqida xabar bergan edi.

"Flydubai reysi Toshkentga havo kemasining texnik nosozligi tufayli qaytib kelgan", - deya tushuntirgan aeroport xodimi. Aeroport vakili nosozlik sabablarini aytolmagan.

Qo‘nish oddiy tartibda amalga oshirilgan, barcha yo‘lovchilar aeroportda, deb qo‘shimcha qilgan u.

Flydubai vakillaridan izoh olish bo‘yicha qilingan harakatlar natijasiz qolmoqda.