Donald Tramp Polshaga safar qilishdan bosh tortdi

AQSh prezidenti Polshaga safarini bekor qilganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh sohillariga yaqinlashayotgan “Dorian” dovuli tufayli hafta oxiriga belgilangan Polshaga safarini bekor qilganini ma’lum qildi.

Tramp Ukrainaga harbiy yordam berishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda – OAV

Ilgariroq Tramp Polshaga 31-avgust-2 sentabr kunlari tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgandi. Shuningdek, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton chorshanba kuni AQSh yetakchisi Polshada Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishini tasdiqlagandi.

“Federal hukumatning barcha resurslarini yaqinlashib kelayotgan bo‘ronga qaratilganligini ta’minlash maqsadida men Polshaga o‘rnimga vitse-prezident Mayk Pensni yuborishga qaror qildim”, - deya Tramp so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Polsha prezidenti Anjey Duda bilan telefon orqali muloqot qilgan va safarini boshqa kunga ko‘chirganini aytgan.