O‘zbekiston prezidenti nikoh yoshini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi.
Sputnik

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi.

Norboyeva siyosat va ayollar, zo‘ravonlikka qarshi qonun hamda o‘zgarayotgan nikoh yoshi haqida

Qonunga muvofiq O‘zbekistonda nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilandi (hozirda ayollar uchun 17 yosh).

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonunning nikoh yoshi belgilanishiga oid qismi 2019-yilning 1-sentabridan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senat Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqlagani xabar qilingan edi. Unga ko‘ra nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh deb belgilangan.