Sevara Nazarxon yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi
Sputnik

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir guruh san’at namoyondalarini yuksak mukofot bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mirziyoyev: adabiyot va san’at, OAVlarning biznesga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz

Mukofotlanganlar orasida "O‘zbekkonsert" davlat muassasasining faol xonandalari ham bor.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon "Mehnat shuhrati" ordeni bilan, Shirin Mamatova, Bunyod Saidov va Dilmurod Sultonovlar "Shuhrat" medali bilan mukofotlandilar.

Ilgariroq, O‘zbekiston prezidenti "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzolagani haqida xabar berilgan edi.