TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Bir necha oy oldin Yakkabog‘da hokim o‘rinbosarining usga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkorning o‘g‘li o‘sha voqeadan keyin nimalar bo‘lganini so‘zlab berdi. “Xalq so‘zi” xabariga asosan.
Tadbirkor Bahriddin Isamovning o‘g‘li Sharofiddinning xabar qilishicha, hokimiyat vakillari tadbirkorga yetkazgan zararni hali to‘liq qoplagani yo‘q. Ular oldin o‘zlari buzib tashlagan narsalarni joyiga qo‘yishgan xolos.
“Kimdir do‘konimizni hokimiyatdan kelib ta’mirlab berishdi, degan gaplarni tarqatibdi. Aslida hokimiyat odamlari o‘zlari buzgan narsalarni joyiga qo‘yishdi, xolos, - deydi Sharofiddin.
Shundan so‘ng ham do‘konni pardozlash ishlariga tadbirkor yana 20 million xarajat qilishgan. Undan tashqari buzilish vaqti tadbirkor mulkiga ham katta zarar yetgan. Uni Sharofiddin sud orqali undirib olishga umid qilmoqda.
“Umuman, bizga hokimiyatning muruvvati kerak emas, o‘zimizning kuchimiz yetadi. Faqat hozir tergov ishlari davom etayotgani uchun otamizni ehtiyot chorasi sifatida hibsxonada ushlab turishibdi. Padari buzrukvorimiz uyga qaytsa, shu yerdan turib ham tergov ishlarida ishtirok etsa, adolatdan bo‘lar edi”, - deydi tadbirkorning o‘g‘li.
Eslatib o‘tamiz, Yakkabog‘da bo‘lib o‘tgan shov-shuvli voqealardan keyin tumanda tekshiruvlar o‘tkazilib, hokimiyat hatti-harakatlari noqonuniy ekani aniqlangan edi. Shundan so‘ng viloyat hokimi uzr so‘ragan, Yakkabog‘ tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi ochilgan edi.