Ekologiya qo‘mitasi archa daraxtlari kesilish sababini tushuntirib berdi

Elektr uzatish tarmog‘ining qo‘riqlash hududida o‘sgan archa daraxtlarining bo‘yi xavfli darajaga yetgani sababli kesilgan - Ekologiya qo‘mitasi.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Toshkentda archa daraxtlarini ommaviy kesish holatiga izoh berdi, qo‘mita matbuot xizmatiga asosan.

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Mirzo ulug‘bek ko‘chasi bo‘lab sobiq ROVD binosi yonida archa daraxtlarining ommaviy kesilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

O‘zbekistonda daraxtlarni kesish bo‘yicha meyoriy hujjat ishlab chiqilmoqda

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu daraxtlar 110 kiloVoltli elektr liniyasi ostida o‘sgan bo‘lib, ularning bo‘yi elektr tarmog‘idan foydalanish hamda atrofdagi odamlar uchun xavfli darajaga yetgan.

Shu munosabat bilan, baxtsiz  hodisalarni oldini olish maqsadida yuqori voltli elektr tarmog‘ining qo‘riqlash hududida bo‘lgan baland bo‘yli daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu elektr tarmog‘i Mirzo-Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod va Yunusobod tumanlarini elektr toki bilan ta’minlaydi.