Shavkat Mirziyoyev Samarqandga uchib ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga uchib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekiston  prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga uchib ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Mirziyoyev “Sharq taronalari”  o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bosh vazir konferensiya qatnashchilariga Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirdi

"Sharq taronalari" XII xalqaro musiqiy festivaliga ishtirok etish uchun 78 davlatdan 315 nafar xorijiy mehmonlar, dipkorpus vakillari va ularga hamrohlik qiluvchi vazirlik idoralari vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. Festivaliga bu yil 33 davlat vakillaridan iborat 29 musiqiy jamoa, jami 146 nafar xonanda va sozandalar ishtirok etadi.