“Sharq taronalari” dinlar va millatlarni birlashtirmoqda - Shavkat Mirziyoyev  

Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” mehmonlarini festival ochilish marosimi bilan tabrikladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari”ochilish marosimida nutq so‘zlab, tadbirga kelgan mehmonlarni tabrikladi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Men O‘zbekistonning farovon zaminida, qadimiy va ulug‘vor Samarqandda sizlarni kutib olishdan xursandman. Samarqandni butun dunyoda haqli ravishda Yer sharining ko‘rki deyishadi” – dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev ushbu festival ko‘plab artistlarga yanada balandro parvoz uchun qanotlar berish bilan birga, turli mamlakat, madaniyat va millat vakillari suhbati uchun maydonga aylanganini  qayd etdi.

Tarixga sayohatni boshlash uchun Samarqand nomini eshitish kifoya - YuNESKO direktori

Prezident shuningdek Registon maydonida ijro etayotgan har bir musiqa insoniylik qadriyatlarini yuksaklarga ko‘tarayotganini, til, millat va dinidan qat’iy nazar odamlarni birlashtirayotganini alohida ta’kidladi.

“Hech qanday texnik uskuna inson ovozining chiroyini o‘rnini bosa olmaydi”, - dedi prezident.  

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Samarqandda “Sharq Taronalari” musiqiy festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 75 mamlakatdan 340 nafar mehmonlar ishtirok etishmoqda.

Festival doirasida ochiq konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari va master-klasslar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.