Rishtonda 1000 ta arzon uy quriladi

Hukumatning Rishton tumanini kompleks rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Hukumatning Rishton tumanini kompleks rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda mehnat migrantlariga uy beriladi

Qaror bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, ushbu tumanda sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 83 ta investitsiya loyihalari bajariladi.

Shuningdek, 2019-2021 yillarda tumanda maqsadli dasturlar asosida 1000 ta arzon uy-joylar qurilishi hamda  7 181 ta yangi ish o‘rni yaratish nazarda tutilmoqda.

Dastur ijrosi har chorakda mahalliy kengashda muhokama qilib boriladi.