Senatning 21-yalpi majlisi qanday o‘tdi - fotoreportaj

Sputnik

Bugun, 23-avgust kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.  

Yalpi majlisda 84 nafar senator qatnashmoqda. Ikki kun davom etadigan majlis kun tartibiga 20 tadan ortiq masala kiritilgan.

Senatorlar “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi, “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ko‘rib chiqishdi.

Senatning 21-yalpi majlisida tasvirga olingan suratlarni Sputnik fotojamlanmasida tomosha qilishingiz mumkin.

1 / 11
23 avgust kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
2 / 11
Yalpi majlisda 84 nafar senator qatnashdi.
3 / 11
Ikki kun davom etadigan majlis kun tartibiga yigirmadan ortiq masala kiritilgan.
4 / 11
Senat a’zolari qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonunlar qabul qilishi ham kutilmoqda.
5 / 11
Toshkentda Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
6 / 11
Toshkentda Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
7 / 11
23 avgust kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
8 / 11
Senat 21-yalpi majlisi.
9 / 11
Yalpi majlisda 84 nafar senator qatnashdi.
10 / 11
Senat 21-yalpi majlisi.
11 / 11
Senat 21-yalpi majlisi.