Muftiy Usmonxon Alimov "Ramzan Qodirov" masjidi ochilishi marosimida ishtirok etadi

Bugun 23-avgust, juma kuni Chechenistonning Shali tumanida barpo etilgan “Ramzan Qodirov” nomidagi muhtasham masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Shali shahrida bunyod etilgan muhtasham "Musulmonlar iftixori" nomli masjidining ochilish tadbirida ishtirok etadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ramzan Qodirov eng ko‘p nimadan qo‘rqishini aytdi

Xabarda aytilishicha, bugun 23-avgust, juma kuni Chechenistonning Shali tumanida barpo etilgan “Ramzan Qodirov” nomidagi masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tantanali marosimda musulmon mamlakatlaridan tashrif buyurgan martabali mehmonlar orasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, masjid Yevropa mintaqasida eng yirik masjidlardan biri bo‘ladi. Masjidda bir vaqtning o‘zida 30 mingdan ziyod kishi ibodat qilishi mumkin ekan.

Masjid loyihasining muallifi – o‘zbekistonlik me’mor Abdukaxor Turdiyev.