Toshkent va Moskva valyuta birjalari hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Imzolangan memorandum Rossiya va O‘zbekiston investorlarining ikki mamlakat valyuta bozorlariga kirishini yengillashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi va  “Moskovskaya Birja” OAJ o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Valyuta birjasida bir oy ichida ilk bor dollar kursi pasayishi qayd etildi

Memorandum “Moskovskaya Birja” OAJ boshqaruvi a’zosi – pul va muddatli bozorlar bo‘yicha boshqaruvchisi Igor Marich tashrif davomida imzolangan.

Memorandum birja savdosini rivojlantirish sohasida tajriba almashishni nazarda tutadi va Rossiya va O‘zbekiston investorlarining ikki mamlakat valyuta bozorlariga kirishini yengillashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.