TIV Xanti-Mansiyskda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi

Bosh konsulxona Xanti-Mansiysk avtonom okrugida umumiy ovqatlanish sohasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishda xorijiy fuqarolariga 2019-yilda qo‘yilgan qo‘yilgan cheklov olingani to‘g‘risida rasmiy tushuntirish oldi.
Sputnik

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston TIV Xanti-Mansiyskda bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan mamlakat fuqarolariga murojaat qildi.

Xabarda qayd etilishicha, 14-avgust kuni O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatorining birinchi o‘rinbosaridan umumiy ovqatlanish sohasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishda xorijiy fuqarolariga 2019-yilda qo‘yilgan qo‘yilgan cheklov olingani to‘g‘risida rasmiy tushuntirish olgan.

Bosh konsullik Turkiyaga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

“Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan mazkur soha uchun standartlar (o‘rta maxsus ta’limni tugatganlik, amaliy ish tajribasi, tibbiy kitobcha) va Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma yoki istiqomot uchun guvohnoma (vid na jitelstvo) mavjud bo‘lganda O‘zbekiston fuqarolari Xanti-Mansiysk avtonom okrugida “Oshpaz” kasbi bo‘yicha ishlashlari mumkin”, - deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenesk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.