Qirg‘izistonlik hakam O‘zbekiston xalqiga video murojaat tayyorladi

Qirg‘izistonlik hakam O‘zbekiston bayrog‘i bilan yuz bergan holat yuzasidan izoh berdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Aralash yakkakurash bo‘yicha qirg‘izistonlik hakam O‘zbekiston bayrog‘i bilan yuz bergan holat yuzasidan video murojaat tayyorladi.

Bu video Telegram-kanallar orqali tez tarqalmoqda. 

Videoda hakam O‘zbekiston xalqidan uzr so‘radi. U qo‘shni mamlakat xalqini hurmat qilishi va noto‘g‘ri ish qilganligini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi Nursulton Ruziboyev O‘sh viloyatida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etdi va u yerda qirg‘izistonlik jangchiga mag‘lub bo‘ldi.

Jang yakunida Ruziboyev hakam qirg‘iz sportchiga yon bosdi deb hisoblab, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishga harakat qilgan. Ammo hakam bunga yo‘l qo‘ymay bayroqni oktagon tashqarisiga uloqtirdi.