TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston tijorat banklarida Rossiya va Qozog‘iston milliy valyutasi sotish boshlandi, deb xabar qildi Uznews nashri.
Xabarda aytilishicha, tijorat banklarida naqd rubl va tenge sotib olish mumkin.
Masalan, Rossiya va Qozog‘iston valyutasini quyidagi kursda sotib olish mumkin: 1 rubl - 143 so‘m, 1 tenge - 24 so‘m 40 tiyin.
Eslatib o‘tamiz, 20 avgust sanasidan boshlab tijorat banklari tomonidan dollar sotilishi yo‘lga qo‘yilgan. Chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchalarida sotib olish mumkin.