TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Bahrom Ashrafxonov Davlat budjetning yarim yillik natijalarini e’lon qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
- Davlat budjeti defitsiti Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qisqa muddatli obligatsiyalar chiqarish oraqali qoplanadi, dedi Ashrafxonov.
Vazir o‘rinbosari aytishiga qaraganda 2019-yilning 1 yarmida budjet daromadi 50,7 trln. so‘mnitashkil qildi. Bu rejalashtirilgan daromaddan 4,1 trln. so‘mga ortiq.
Budjet xarajatlari esa – 55,3 trln. so‘mni tashkil qildi. Xarajatlar asosan maoshlar, davlat xarajatlari hamda mudofaa xarajatlari oshishi hisobidan oshgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda ilk bor mahalliy budjetlarning qo‘shimcha daromadlari ularning o‘z ixtiyorida qoldirildi. Xususan Toshkent shahrida 371 milliard so‘m, Andijon, Samarqand, Buxoro va Qoraqalpog‘iston viloyatlarida 250-300 milliard so‘mdan. Respublika bo‘yicha mahalliy budjetlarning jami qo‘shimcha daromadi 2,8 trillion so‘mni tashkil qildi.
Kapital qurilish va maktablarni ta’mirlash uchun mo‘ljallangan budjet mablag‘lari, oldingidek yil oxirida emas yil boshida to‘lab beriladi. O‘shanda obyektlarning aksariyati 1-sentabrga qadar qurib yoki ta’mirlab bitkaziladi.
Rasxodnaya chast budjeta virosla za schet rosta zarabotnoy plati, realizatsii gosudarstvennix programm, a takje rasxodov na oboronu.