Atambayevning yana bir tarafdori sudga olib ketildi

Deputat Irina Karamushkina ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda ayblanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Jo‘qori Kenesh deputati Irina Karamushkinaga jinoiy ishda gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishi haqida ogohlantirish xatini topshirdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Atambayev oilasi nomida bo‘lgan mol-mulk xatlab qo‘yildi

Karamushkinaga odamlarni garovga olish bo‘yicha ayblov ilgari surilgan.

Bugun deputat Pervomaysk tumani sudiga olib ketildi, u yerda unga ehtiyot chorasini qo‘llash haqida qaror qabul qilinadi.

Karamushkina Facebook’dagi sahifasida u ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va odamlarni garovga olishda ishtirok etishda ayblanayotgani haqida post yozgan.

Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlog‘ida GKNB kuchishlatar bo‘linmasi Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm uning tarafdorlari tomonidan yo‘qqa chiqarildi.

Sakkizinchi avgust kuni huquq-tartibot organlari takroriy shturm amalga oshirdi, oqibatda siyosatchi taslim bo‘ldi.

Atambayev 26-avgustga qadar GNKB SIZOsida qoldirish qarori qabul qilindi. Shuningdek, uning bir necha tarafdorlari ham hibsga olingan.