Rossiyalik beshkurashchilar O‘zbekiston bayrog‘i ostida kurashadi

Rossiyalik beshkurashchilar Aleksandra Savkina va Alise Faxrutdinovalar xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etishadi.
Sputnik

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Ikki nafar rossiyalik beshkurashchi O‘zbekiston bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi. Bu haqida O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi xabar qildi.

Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

2019 yilning 6-fevral kuni Rossiya va O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyalari orasida imzolangan memorandumga ko‘ra, ikki nafar rossiyalik yuqori klass sportchilar Aleksandra Savkina va Alise Faxrutdinovalar musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etishadi.

Xalqaro Beshkurash ittifoqi UIPM bilan uzoq muddat davomida olib borilgan muzokarlar natijasida ushbu ikki sportchilar xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etishiga ruxsat olingan. 

Ayni damda sportchilar Nvogorsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘imlarida ishtirok etib, 2-8 sentabrda Bedapeshtda bo‘lib o‘tadigan zamonaviy beshkurash bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.