Rossiya va Xitoy AQShning raketaga oid rejalaridan so‘ng BMT XK yig‘inini chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh raketa sinoviga DRSMD shartnomasi o‘z kuchini yo‘qotishdan ancha oldin tayyorgarlik ko‘rishganini qayd etdi
Sputnik

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Rossiya va Xitoy AQShning o‘rta radius harakatidagi raketalarni ishlab chiqario‘ va joylashtirish haqidagi rejalaridan so‘ng BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi. Uchrashuv payshanba kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilgan RIA Novostiga xalqaro tashkilot qoshida Rossiyaning doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Dmitriy Polyanskiy.

Putin raketalar bo‘yicha o‘ta muhim qonunni imzoladi

Xabarda aytilishicha, Xavfsizlik kengashini chaqirish tashabbusi, Pentagon harakatlanish radiusi 1987-yilda imzolangan DRSMD shartnomasi talablarini buzadigan yangi gipertovushli raketani ishlab chiqargani haqidagi bayonotidan keyin ilgari surilgan. O‘rta va yaqin masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish (DRSMD) shartnomasi 2-avgust kuni o‘z kuchini yo‘qotdi, u 500 kilometrdan 5500 kilometr masofaga uchuvchi raketalarga taqiq qo‘yar edi.

Ilgariroq AQSh mudofaa idorasi Kaliforniyadagi San-Nikolas poligonida raketa sinovi aks ettirilgan videoni e’lon qildi. Amerika harbiylari so‘zlariga ko‘ra, sinov muvaffaqiyatli o‘tgan, raketa 500 kilometrdan ortiq masofaga uchgan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh raketa sinoviga DRSMD shartnomasi o‘z kuchini yo‘qotishdan ancha oldin tayyorgarlik ko‘rishganini qayd etdi.

Joriy yil boshida Vashington Rossiyani DRSMD shartnomasini uzoq vaqtdan buyon buzib kelganlikda ayblab, undan bir taraflama chiqishini e’lon qilgan edi. Moskva AQShning barcha ayblovlarini inkor etib kelmoqda. Rossiya shartnomaning barcha talablarini to‘liq bajarib kelayotgani haqida ko‘p bora takror-takror aytgan.

Iyul oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin DRSMD shartnomasini to‘xtatib turish borasidagi qonunni imzoladi.