Olmaliqda fuqaro 18 yashar ukasining bo‘yniga bir necha marta pichoq sanchdi

Olmaliqda fuqaro ukasining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Yosh yigitning erta hayotdan ko‘z yumishiga telefon talashish olib kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Olmaliq shahrida fuqaro ukasining umriga zomin bo‘ldi.

O‘lasi qilib do‘pposlangan toshkentlik kasalxonada vafot etdi

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Abdulla Qahhor ko‘chasida yashovchi M.A. (1994 y.t.) ukasi A.A. (2001 y.t.) bilan uyali telefon apparatini talashib qolgan. Natijada ular o‘rtasi o‘zaro janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro oshxona pichog‘i bilan ukasining bo‘yin sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan.

“A.A. otasi tomonidan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda, yo‘lda vafot etgan”, - deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.