Nazarboyev: Qozog‘istonga amerikancha demokratiya "shapkasini kiydirib" bo‘lmaydi

"Ayrim opponentlarimiz og‘zidan ko‘pigi sachrab baqirayotgan, Yevropadagi kabi demokratiya uchun bizga vaqt kerak, jamiyat taraqqiy etgan bo‘lishi kerak", - degan Nazarboyev
Sputnik

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti va Nur Otan partiyasi raisi Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonga amerika demokratiyasi "shapkasini kiydirish" mumkin emasligi haqida gapirdi.

O‘zbekistonda demokratiya qurish vaqti keldi - Redjaboyev

Sobiq prezident mamlakatda demokratiyani rivojlantirish uchun vaqt kerakligiga ishonmoqda.

"Bu yil endi 28 yoshga to‘lamiz, keling, kim bo‘lganimizni, qanday tizimda yashaganimizni, nimalarga rioya qilganimizni, ongimizda nima bo‘lganini bir esga olaylik? Hozir nimaga egamiz? Yer va osmonga! To‘g‘rimi? Xullas, biz hozircha yosh davlatmiz, demokratiyamiz ham yosh, shu bois bizga amerika shapkasini olib kiyidirish - hecham to‘g‘ri kelmaydi. Ayrim opponentlarimiz og‘zidan ko‘pigi sachrab baqirayotgan, Yevropadagi kabi demokratiya uchun bizga vaqt kerak, jamiyat taraqqiy etgan bo‘lishi kerak", - degan Nazarboyev Nur Otan partiyasining kengaytirilgan siyosiy kengashida.

Nazarboyev o‘rta sinfni rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan.