Putin Mirziyoyev bilan birga “Markaz-2019” harbiy mashg‘ulotlariga tashrif buyurishi mumkin

“Markaz-2019” harbiy o‘quvlarida Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston harbiy kontingenti qatnashadi.
Sputnik

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. 16-21 sentabr kunlari “Markaz-2019” yirik masshtabdagi strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari o‘tkaziladi. 

Quvonch ko‘z yoshlari, raqs va do‘ppilar: o‘zbek tankchilari g‘alabani qanday qarshi olishdi

Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qilishicha, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston harbiy kontingenti qatnashadi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qilishicha, Putin ushbu davlat yetakchilaridan biri bilan mashg‘ulotlarga tashrif buyurishi mumkin. Ular orasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bor.

“Buni istisno qilib bo‘lmaydi”, - deb javob berdi Peskov.

“Markaz-2019” o‘quvlari Rossiyaning 8 ta poligonida va boshqa davlatlar hududlarida amalga oshiriladi.