TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi, bu narx bozorda mustaqil shakllanadi.
Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovga asosan xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 323,00 so‘mga ko‘tarilib, 9 384,00 so‘m tashkil qildi.
Avgust oyi boshida Markaziy banki ichki valyuta bozoridagi vaziyat bo‘yicha bayonot berib dollar kursi oshishiga tashqi va ichki omillarni sabab qilib ko‘rsatgan edi.
Jumladan, joriy yil iyul oyidan boshlab, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda (Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendensiyasi kuzatilmoqda, bu o‘z navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi bo‘yicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ichki omillar, asosan import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning o‘sib borishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgandi.