TOShKENT, 19 avg - Sputnik. 2019 yil 18-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 20:46 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Koordinatalar 38,95 gradus shimoliy kenglik, 67,10 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik h=30km. Toshkentgacha masofa 314 km janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Jizzax: 144 km; 2 ball
Samarqand: 79 km; 2 ball
Qarshi: 114 km; 2 ball.
Xabarda O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagani qo‘shimcha qilingan. Shuningdek, talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.