Ramzan Qodirov eng ko‘p nimadan qo‘rqishini aytdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining qo‘rquvlari haqida so‘zlab berdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining qo‘rquvlari haqida so‘zlab berdi.

“Men vijdon, or-nomus, qadr-qimmatni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Boshqa hech narsadan qo‘rqmayman”, - dedi Qodirov dog‘istonlik jurnalist Ruslan Qurbonovga bergan intervyusida. 

U erkak emas - Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist haqida

U kimdandir qo‘rqqanida xalqaro terrorchilarga qarshi kurashishda davom etmagan bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, u uning so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda “xoinlar, shaytonlar va tugmachali qahramonlar tomonidan” tez-tez noto‘g‘ri talqin qilinishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirov 6 yashar bolakayni qo‘riqchilik xizmatiga ishga olgani xabar qilingan edi.