Iroq razvedkasi al-Bag‘dodiyga yaqin bo‘lgan “harbiy amir”ni zararsizlantirdi

Anbar provinsiyasida Iroq razvedka kuchlari tomonidan “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga yaqin bo‘lgan qo‘mondonlardan biri zararsizlantirildi.
Sputnik

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Anbar provinsiyasida “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga yaqin bo‘lgan qo‘mondonlardan biri zararsizlantirildi. Bu haqda Iroq mudofaa vazirligi bayonot berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

IShID Suriya va Iroqda o‘z kuchini tiklamoqda – Pentagon

Bayonotda aytilishicha, o‘ldirilgan shaxs al-Bag‘dodiyga yaqin bo‘lgan terrorchi hisoblandi. U Anbar provinsiyasida “IShIDning harbiy amiri” bo‘lgan.

Eron mudofaa vazirligi terrorchi jarohatlangani yoki o‘ldirilganligiga aniqlik kiritmadi.  

Eslatib o‘tamiz, Iroq harbiy razvedkasi “Islom davlati” (Rossiyada taqiqlangan tashkilot) terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy haqida so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etgandi.

Razvedka ma’lumotlarga qaraganda, al-Bag‘dodiy Iroq va Suriya o‘rtasidagi chegara hududlari, Xoms provinsiyasi, Iroq cho‘llari va Turkiya bilan chegaradagi qurolli kuchlar bo‘lmagan hududlarda harakat qilgan.