ArMI g‘oliblarini Toshkentda qahramonlardek kutib olishdi

ArMI-2019 xalqaro harbiy o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekstonlik askarlar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi.
Sputnik

V xalqaro Armiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston harbiylarini Toshkent aeroportida karnay surnay, zarbop choponlar bilan kutib olishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida harbiylar kutib olishgan ularning safdoshlari va oila a’zolari ham chiqishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

"Siz haqiqiy vatanparvarlarsiz": O‘zbekiston mudofaa vazirining tankchilarga tabrigi

O‘zbekiston jamoasi ushbu yil xalqaro armiya o‘yinlarining 14 ta musbaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, desak adashmaymiz.Tank biatloni konkursida ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston tankchilari ikkinchi divizionning g‘olibi bo‘lishdi va yanagi yilda birinchi divizionda  ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. 

Shuningdek o‘zbekistonlik harbiylar "Tibbiy estafeta", "Ishonchli do‘st", "Elbrus halqasi", "Razvedka a’lochilari" va "Dala oshxonasi" tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Barcha konkurslar bo‘yicha umumjamoa hisobida ArMI-2019 o‘yinlrida Rossiya jamoasi birinchi, Xitoy jamoasi - ikkinchi va Qozog‘iston jamoasi uchinchi o‘ringa ega bo‘lishdi.