Tadbirkor bilan mojarodan so‘ng Vazirlar Mahkamasi xodimi ishdan haydaldi

Mazkur holat yuzasidan Hukumat portalining rasmiy saytida e’lon berildi. 
Sputnik

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasi binosi oldida ikki fuqaroning tortishuvi aks etgan videolavha tarqalgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Prezident hokimlarni zarurat bo‘lmaganda tadbirkorlar mulkini buzmaslikka chaqirdi

Ma’lum bo‘lishicha, ularning biri Hukumat idorasi vakili, ikkinchisi tadbirkor bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Hukumat portalining Gov.uz saytida rasmiy e’lon berildi. 

"Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi "Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom” guruhida 2019-yil 16-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va o‘zini tadbirkor, deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video e’lon qilindi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan xodim ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasi xodimi xizmat vazifasiga nomuvofiq, deb topildi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi", deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda, davlat idorasi vakilining ishdan bo‘shatilishi ham ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.