Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha hujjat tayyorlandi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Moliya vazirligining “Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi tayyorlandi.

Pensiya bilan nafaqaning farqi nimada

Hujjatga pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish ilova qilingan.

Xususan, nizomning 5-bandi oltinchi xatboshisidagi “ishga joylashganligini yashirish” degan so‘zlar “qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish” degan so‘zlar bilan almashtirish taklif etilgan.

12-bandda uchinchi xatboshidan “, pensiya va nafaqalar to‘langan vaqtda ishga joylashganligini yashirish” degan so‘zlar chiqarib tashlash yozilgan. Nizomda komissiya qarori asosida 30 foizlik chegirma miqdorlari belgilangan.

Shuningdek, to‘rtinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining” degan so‘zlar “pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirish taklif etilgan.

Nizom talablariga ko‘ra, chegirma miqdori sud qarori bilan belgilangan holatlarda, chegirma sud qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi

Eslatib o‘tamiz, pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirmalar: sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;

Pensiya jamg‘armasi bo‘limining qaroriga binoan — pensioner yoki nafaqa oluvchiga uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar miqdoridan ortiqcha pullar to‘langan taqdirda qilinishi mumkin.