O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuni munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun ketma-ket dam olishi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Shu yil Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun dam oladi.

O‘zbekistonda “pasport stollari” dam olish kunlari qancha fuqaroga xizmat ko‘rsatdi?

Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Farmon talablariga asosan 7-sentabr — shanba 3-sentabr — seshanbaga ko‘chirilgan.

Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan haftasiga besh kun ishlaydiganlar 31-avgust - 3-sentabr kunlari dam oladi, olti kun ishlaydiganlar esa 1-sentabr - 3-sentabr kunlari dam oladi.