Atambayev oilasi nomida bo‘lgan mol-mulk xatlab qo‘yildi

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Atambayev va uning oilasi nomiga tegishli bo‘lgan mol-mulk, qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar, bank hisob raqamlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Almazbek Atambayev va uning oilasi nomida bo‘lgan mol mulklarni xatlab to‘g‘risida qarorni e’lon qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Atambayev hibsxonada qanday sharoitda saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi

Ro‘yxatda Qirg‘izistonda faoliyati yurituvchi 25 ta bankda ochilgan hisob raqamlari keltirilgan.

Bosh prokuratura qaroriga ko‘ra, quyidagilar xatlab qo‘yildi:

- Atambayev nomida bo‘lgan Toyota Land Cruiser (2000 yilda ishlab chiqarilgan); Mitsubishi Pajero (1997); Toyota Land Cruiser (1998); MAN (1993 y); BMW-X53 (2001) avtomashinalari;

- Alamudun tumani Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi ikkita yer uchastkalari, sog‘lomlashtirish markazi,

- Issiqqo‘l tumanidagi yer uchastkasi;

- Alamudun tumani Arashan qishlog‘idagi ko‘p yillik o‘rmonzorlar (plantatsiya), yaylov, uy;

- Alamudun va Arashan tumanlardagi ko‘p yillik o‘rmonzorlar.

Atambayevning rafiqasi Raisa Atambayeva nomidagi mol-mulk: Toyota Land Cruiser (2004); Mercedes Benz (1994); GAZ 3110 (1999) avtomashinalar, shuningdek, Bishkek shahridagi Moskva va Novooktabrsk ko‘chalarida joylashgan kvartira va uy-joy.

Bundan tashqari, 10 ta yuridik va jismoniy shaxslar nomida bo‘lgan mol-mulk xatlab qo‘yildi. Ular ichida "Kirgizavtomash", OAO "Media Forum", "Aprel-TV", "Redaksiya teleradiokompanii "Kanal D" (Kanal Di) va boshqa korxona nomlari keltirilgan. Xususan, "Kirgizavtomash"ga tegishli bo‘lgan ko‘plab uy-joylar, yer uchastkalar, temir yo‘llar, savdo markazi, do‘kon, sex va omborxona sanab o‘tilgan.   

"Tergov Atambayevning va uning yaqin qarindoshlarining jinoiy harakatlari natijasida olingan deb taxmin qilish uchun yetarli asosga ega", - deyilgan prokuratura qarorida.