Samara yaqinida zaharlangan O‘zbekiston fuqarolaridan biri vafot etdi

Ish beruvchi O‘zbekiston fuqarolari davolanishi bilan bog‘liq barcha harajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular barchasi rasmiy ishlagan va mehnat shartnomasiga ega bo‘lgan
Sputnik

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Samara viloyatida zaharlangan 69 nafar O‘zbekiston fuqarosidan biri vafot etdi, deb xabar qildi TIV matbuot-xizmati.

Samarada 68 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum moddadan zaharlandi

Qolgan 48 nafari V.D.Seredavin nomidagi Samara viloyati klinik shifoxonasida va 1-son Tolyatti shahar klinik shifoxonasida qolmoqda. Ularning ahvoli barqaror-og‘ir deb baholanmoqda.

"O‘zbekiston fuqarosi O.S. vafot etdi va hozirda Bosh konsulxona marhum hamurtimizning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda ko‘mak ko‘rsatmoqda", - deyiladi xabarda.

Yigirma nafar o‘zbekistonlikka kasalxonadan javob berildi va ular ish joylariga qaytishdi. Ular mahalliy shifokorlarning doimiy kuzatuvida bo‘lib turibdi.

17 iyul kuni Samara viloyatida O‘zbekistonning 69 nafar fuqarosi "noma’lum modda bilan zaharlanish" tashxisi bilan kasalxonaga olib kelingan.

O‘zbekiston fuqarolari Samara viloyati Sizran tumani Koshelevka qishlog‘iga qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanish uchun kelganlar. Keyinchalik TIV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ular "Koshelevskiy posad" korxonasida ishlashgan.

Ish beruvchi O‘zbekiston fuqarolari davolanishi bilan bog‘liq barcha harajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular barchasi rasmiy ishlagan va mehnat shartnomasiga ega bo‘lgan.

Ommaviy zaharlanish sabablari hali aniqlanmoqda.