Tojikiston hukumati go‘sht narxini pasaytirish choralarini ko‘rdi

Tojikiston hukumati bozorlarda go‘sht narxini pasaytirish choralarini ko‘rdi.
Sputnik

TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Tojikiston hukumati chorva mollari va barcha zotdor mollar uchun mamlakatga olib kiriladigan ozuqani QQS va import bojidan ozod qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Tanklar to‘qnashuvi: Tojikiston jamoasi bellashuvdan chetlashtirildi

Ta’kidlanishicha, Tojikiston hukumati bozorlarda go‘sht narxini pasaytirish choralarini qabul qilmoqda. Respublika hukumati chorva mol uchun import qilinadigan oziqa uchun imtiyozlarni taqdim etdi.

Dushanbe bozorlarida mol go‘shti – 52 somoni (5,5 $), qo‘y go‘shti – 50 somoni (5,2 $), tovuq go‘shti – 23 (2,4 $) somoni tashkil qiladi.