Ikki toshkentlik uyini nashazorga aylantirdi

Toshkentda uyida hind nashasini yetishtirayotgan ikki fuqaro aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Toshkentda uyida hind nashasini yetishtirayotgan ikki fuqaro aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB  matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shayxontoxur tumanida yashovchi 45 yoshli Baxrom S. xonadonining balkonida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin tupini – hind nashasini yetishtirayotganima’lum bo‘lgan. Uning xonadonini tekshirish jarayonida jinoyat qidiruv xodimlari 10 dona gul tuvagida 15 tup nasha o‘simligini aniqlashdi.

Qashqadaryoda giyohvand o‘simligini xufona tarzda yetishtirib kelayotgan xonadon fosh etildi

Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston JKning 270-moddasi (“Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, 11-avgust kuni jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan tergov jarayonida Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Olmazor tumanida yashovchi 49 yoshli Tohir A. uyining balkonida gul tuvaklarda 4 tup giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin – hind nashasini yetishtirayotgani hamda 1,37 gramm “marixuana” saqlayotgani aniqlangan.  

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston JKning  276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.