Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan generalga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Asanov Qirg‘iziston militsiyasi manfaatlariga xiyonat qilgani va ishonchni suiiste’mol qilgani uchun ishdan bo‘shatildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Almazbek Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan Qirg‘iziston ichki ishlar vazir o‘rinbosari Kursan Asanovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Almazbek Atambayev huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, Asanov mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. U ichki ishlar vazirining talabini bajarmagan va shaxsiy tarkibni boshqaruvsiz qoldirgan.

Harbiy prokuratura tergovni olib bormoqda. Hozirgi vaqtda Asanov so‘roq qilinmoqda.

Kuni kecha, Kursan Asanov ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Asanov Qirg‘iziston militsiyasi manfaatlariga xiyonat qilganlikda va ishonchni suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.