Toshkentda “arzon” narxda dollar olmoqchi bo‘lgan erkak yirik mablag‘idan ayrildi

Poytaxtda firibgar ayol 41 yoshli erkakning ishonchiga kirib, uni chuv tushirdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Toshkentda “arzon” narxda dollar olmoqchi bo‘lgan erkak yirik mablag‘idan ayrildi.

Farg‘onada fuqaro Rossiyada bo‘lgan tanishining uyini sotib yubordi

IIBB xabariga ko‘ra, 41 yoshli A. murojaat qilib, o‘z arizasida 34 yoshli I.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Firibgar ayol unga 460 mln so‘mni bankdan "arzon" narxda – 7 000 so‘mdan hisoblab, 65.700 AQSh dollarini olib berishini va’da qilgan. Firibgarning so‘zlariga ishongan fuqaro unga 2019-yil yanvar-mart oylarida, umumiy hisobda 460 mln so‘m pulni berib yuborgan.

Internet-firibgarlar o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirmoqda?

Biroq firibgar ayol va’dasida turmagan va pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston  JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.