TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Rossiya Federal xafvsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov xalqaro terrorchilar Rossiya oliygohlarida ta’lim olayotgan xorijiy talabalarni o‘z saflariga yollashga urinishayotganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Xalqaro terrorchilik tashkilotlari vakillari Rossiyada bo‘lgan migrantlar hamda Rossiya oliygohlarida tahsil olayotgan xorijiy talabalarni terrorchilik faoliyatiga jalb qilish va yollashga urinishda davom etmoqdalar”, - dedi Bortnikov Milliy terrorchilikka qarshi qo‘mita majlisida.
Bortnikov migrantlar o‘rtasida radikal kayfiyatlar tarqalishini oldini olish maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rish, ushbu muammoni hal qilishda federal ijro etuvchi hokimiyat rahbarlarining e’tiborini oshirish va uni hal qilishni shaxsiy nazoratga olish kerakligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Alfa” antiterror maxsus kuchlar sobiq qo‘mondoni Yuriy Pogiba terrorchilar juda yosharib ketganini ma’lum qilgandi. Uning aytishiga qaraganda, terrorchilar yollovchilari uchun aynan o‘smir yoshda bo‘lgan yoshlar bilan ishlashdan manfaatdor. Chunki ushbu yoshda bolalar og‘riqdan va o‘limdan qo‘rqmaydi, qahramon bo‘lishni istaydi.