Toshkentda 24-avgustdan boshlab sovuq suv narxi oshadi

Toshkent shahrida 24-avgustdan boshlab sovuq suv va oqova suv (kanalizatsiya) narxi oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent shahrida 24-avgustdan boshlab sovuq suv va oqova suv (kanalizatsiya) narxi oshiriladi. Bu haqda “Suvsoz” DUK xabar qilmoqda.

Sovuq suvning narxi keyinroq ko‘tariladi

Yangi narxga ko‘ra bir kub metr sovuq suv 310 so‘m + 100 so‘m maxsus ustamani tashkil qiladi. Hozirda ushbu qiymat 280 so‘m + 100 so‘mni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kanalizatsiya narxi bir kub metr uchun 250 so‘m + 100 so‘mni (hozir 235 so‘m + 100 so‘m) tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 15-avgustdan isitish tizimi va issiq suv ta’minoti tariflari oshishi xabar qilingan edi.