TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Farg‘ona shahridada o‘tkazilgan Xalqaro investitsiya forumida qiymati 350 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan hujjatlar imzolandi. Bu haqda TIV xabar qildi.
Forum ishida O‘zbekistonning O‘mon va Qirg‘izistondagi elchilari, dunyoning 30 davlatidan kelgan 150 dan ortiq chet el ishbilarmonlari, O‘zbekistondagi diplomatik korpus hamda yetakchi xorijiy OAVning TIV huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan vakillari ishtirok etdi.
Forum ishtirokchilari mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “Farg‘onada ishlab chiqarilgan” nomli ko‘rgazmasiga ham tashrif buyurib, Farg‘onaazot AJ, UzSungwoo, Narimteks, Germes Ideal Sifat” va Vostok Composite kompaniyalarining eksportga mo‘ljallangan mahsulotlari bilan tanishdilar.
Tadbir qatnashchilari mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan ham tanishdi, istiqbolli investitsiya loyihalari, investorlarga taklif qilinayotgan bino va qurilmalar, bekor turgan yer maydonlarining taqdimoti o‘tkazildi. Forum ishtirokchilari uchun Farg‘ona viloyatining asosiy qadamjolari bo‘ylab info-tur ham tashkil etilib, hunarmandchilik an’analari bilan tanishtirildi.
O‘zbekistonda mashhur Rogachov “sgushonka”si ishlab chiqariladi
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 7-8-avgust kunlari Farg‘ona shahrida xorij biznes hamjamiyatini viloyatning iqtisodiy salohiyati va investitsion imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida Xalqaro investitsiya forumi o‘tkazildi. Tadbir Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan birgalikda tashkil etildi.
Farg‘onalik tadbirkor tuyaqush terisidan poyabzal ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yadi