Atambayev uyining shturm qilinishi — IIV kimni qo‘lga oldi va qanday jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi

Huquq-tartibot organlari oltita jinoiy ish qo‘zg‘atishgan va o‘ndan ziyod kishilarni so‘roq qilishgan. Ayrimlari qo‘lga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi sobiq prezident Almazbek Atambayev uyi shturm qilinganidan so‘ng amalga oshirilgan ishlar haqida xabar berdi.

Atambayev qo‘lga olingach, Mirziyoyev Jeenbekovga qo‘ng‘iroq qildi: gap nima haqda bordi?

QR Jinoyat kodeksi 130 (Qotillik), 39-130 (O‘ldirishga su’iqasd), 244 (Asir olish), 264 (Ommaviy tartibsizliklar), 266 (Bezorilik) va 355 (Hukumat vakiliga nisbatan tahdid yoki zo‘ravonlik) moddalari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Atambayevning tarafdorlari bo‘lgan: Temirlan Sultanbekov, Ermek Okenov, Tilek Abdiyeva, Meerbek Miskenbayev, Kunduz Joldubayeva, Ravshan Jeenbekov, JK deputatlari Asel Koduranova, Irina Karamushkina, siyosatchining o‘g‘li Seyitbek Atambayevlar so‘roqqa tutilgan. Sobiq davlat rahbarining maslahatchisi Farid Niyazov, xalq shtabi rahbari Kiaz Smaliyev, Alga Kilichev va Amantur Jamgirchiyevlar esa Bishkek IIBB izolyatorida saqlanmoqda.

Qirg‘iziston poytaxti Pervomaysk tuman sudi qaroriga ko‘ra, Almazbek Atambayev 26-avgust sanasiga qadar GNKB SIZOsida saqlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlog‘ida GKNB spesnazi Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm sobiq prezident tarafdorlari tomonidan yo‘qqa chiqarilgan edi. 8-avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim bo‘ldi. Sal vaqt o‘tib, Atambayevning tarafdorlari kuch ishlatish yo‘li bilan tarqatila boshlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kunlik to‘qnashuvlarda 136 kishi jabrlangan, spesnaz xodimi esa o‘q bilan yaralanish oqibatida halok bo‘lgan.