Afg‘oniston TIVga O‘zbekiston Tolibonni qabul qilgani yoqmadi

Sabgatulla Axmadiy mamlakat O‘zbekiston, mintaqa hamda jahonning boshqa davlatlaridan Afg‘oniston xalqiga va uning rahbariyatiga hurmatda bo‘lishni, aynan Afg‘oniston xalqi va rahbariyati tinchlik jarayonida bosh rolda bo‘lishlari kerakligini kutayotganini aytgan
Sputnik

TOShKENT, 10 avg – Sputnik. "Tolibon" harakati yetakchilarining O‘zbekistonda qabul qilinishi Toshkent Qobulga tinchlik jarayonida yordam berishni xohlamasligiga ishoradir, dedi RIA Novostiga Afg‘oniston TIV rasmiy vakili Sabgatulla Axmadiy.

Toshkentda “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

8 avgust kuni O‘zbekiston TIVda Doxadagi "Tolibon" siyosiy ofisining mulla Barodar Axund rahbarligidagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

""Tolibon" rahbariyatini O‘zbekistonda qay tarzda qabul qilishgani, shuningdek, muzokaralar jarayoni O‘zbekiston Afg‘onistonga yordam berayotgani yoki maydonni ta’minlab berayotganini ko‘rsatmaydi", - deb aytgan idora vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu bilan birga, Qobul, qo‘shni mamlakatlarning Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga yordam berish istagini olqishlaydi.

Sabgatulla Axmadiy mamlakat O‘zbekiston, mintaqa hamda jahonning boshqa davlatlaridan Afg‘oniston xalqiga va uning rahbariyatiga hurmatda bo‘lishni, aynan Afg‘oniston xalqi va rahbariyati tinchlik jarayonida bosh rolda bo‘lishlari kerakligini kutayotganini aytgan.

Axmadiy shuningdek, afg‘onlararo muzokaralarning keyingi raundi o‘tkaziladigan joy tez orada aniqlanishini aytgan. U ushbu raundni o‘z hududida qabul qilish istagini O‘zbekiston, Norvegiya, Indoneziya va GFR davlatlari bildirishganini eslatib o‘tgan.

"Tolibon" Afg‘onistonning amaldagi hukumatini qonuniy deb tan olmaydi - Stanakzay

Iyul oyi oxirida O‘zbekiston TIV o‘zbek tomoni Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" harakati uchrashuvini Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini va bu uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tishiga umid qilishini ma’lum qilgan edi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, Samarqanddagi uchrashuv vaqti afg‘onalararo muzokaralarning barcha ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangach, e’lon qilinadi.

2018 yilning mart oyida Toshkentda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan anjumanda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tomoni afg‘on hukumatiga va "Tolibon" harakatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni o‘tkazish uchun barcha sharoitni taqdim etishga tayyorligini bildirgan edi. Anjuman yakuni bo‘yicha qabul qilingan deklaratsiyada Afg‘oniston hukumati va qurollangan oppozitsiya, xususan, "Tolibon" o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan qisqa vaqtda boshlash zarurati bo‘yicha umumiy pozitsiya aks etgan edi.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" radikal harakati jangarilari o‘rtasida qarshi kurash kechmoqda. "Tolibon" jangarilari mamlakatning qishloq tumanlarida kattagina hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga bosqinchilik ishlari ko‘lamini kengaytirgan. Shuningdek, mamlakat hududida "ID" terroristik guruhi ta’siri ham kuchaygan. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab hamkorlikda terrorizmga qarshi operatsiyalarni o‘tkazib kelmoqda.