O‘zbekiston jamoasi “Tank biatloni”da eng yaxshi natija bilan yarim finalga chiqdi

O‘zbekiston harbiylari 11 davlat jamoasi ishtirok etayotgan guruhda eng yaxshi natijani qayd etib, yarim finalga chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Xalqaro armiya o‘yinlarining “Tank biatloni” musobaqasida ilk bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston harbiy xizmatchilari eng yaxshi natija bilan yarim finalga yo‘l oldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Moskva viloyatida o‘zbekistonlik harbiy kinologlar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Xabarda aytilishicha, Yakka tartibdagi poyga bahslariga kichik serjant Jobirbek Imomnazarov boshchiligidagi ekipaj a’zolari yakun yasab berdi. Shuning bilan “Tank biatloni” musobaqasining guruh bahslariga yakun yasaldi.

Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston harbiylari 11 davlat jamoasi ishtirok etayotgan guruhda eng yaxshi natijani qayd etib, yarim final masalasini hal etishdi. So‘nggi bahsda mexanik-haydovchi serjant Karimbek O‘rinov o‘z bilim va mahoratini namoyish etib, ekipajni qisqa vaqt ichida beligalagan nishonlarni yakson etib, finish chizig‘ini bosib o‘tishini ta’minladi.

Shunday qilib, “Tank biatloni” musobaqasining ikkinchi guruhida birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan birga yana 7 ta jamoa yarimga finalga yo‘l oldi. Sudan, Zimbavbe va Angola jamoalari musobaqani tark etdi.