O‘zbekiston banklarida dollar keskin qimmatlashdi

O‘zbekiston tijorat banklari sotish va sotib olish kursini deyarli 200 so‘mga oshirishdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg – Sputnik. 9-avgustdan boshlab qator banklar dollarni 8840 so‘mdan sotib olib, 8900 so‘mdan sotishmoqda. Bu haqda Uznews.uz xabar qildi.

Markaziy bank eski namunadagi banknot va tangalarni muomaladan qaytarib oladi

Xabarda yangi kurslar belgilangan banklar ro‘yxat keltirilgan:

• Ipoteka bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;

• Kapitalbank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;

• Hamkor bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;

• Davr bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;

• Asia Alliance bank: sotib olish - 8840, sotish - 8890;

• Universal bank: sotib olish - 8840, sotish - 8890;

• Asaka bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;

• Aloqa bank: sotib olish - 8840, sotish - 8880.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 6-avgustdan boshlab dollar rasmiy kursini 8704,87 so‘m etib belgilagandi.