TOShKENT, 8 avg – Sputnik. UzSungwoo MChJ Peugeot kompaniyasi bilan eksport loyihasini joriy yilning oktabr oyidan ishga tushiradi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.
Kompaniya vakilining so‘zlariga qaraganda Peugeot avtomobillari uchun 52 nomdagi quyma detallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
UzSungwoo MChJ - yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlangan yengil avtomobillar uchun shtamplangan va payvandlangan avtomobil qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tashkilot.