Millioner qallig‘ini yo‘ldan uradigan shilqimga katta mukofot taklif qildi

HushHush platformasiga “professional shilqim”ni topib berish haqida murojaat kelib tushdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Lyuks tovarlarni sotadigan HushHush platformasiga “professional shilqim”ni topib berish haqida murojaat kelib tushdi. Bu haqda RIA Novosti Daily Mirror nashriga asosan xabar qildi.

Yerga ulkan qotil-fazoviy jism yaqinlashmoqda

Ismi sir saqlanishini so‘ragan mijoz qallig‘ining vafodorligini sinab ko‘rmoqchi. Erkakda sevgilisi  to‘yni tezlashtirishi va nikoh shartnomasi tuzilishiga qattiq qarshilik ko‘rsatishi shubha uyg‘otdi.

E’lon muallifi yoshi katta ekanligini ham ma’lum qildi.

Malakali shilqim roliga mos keladigan yosh yigitga 15 ming funt sterling (18,5 ming dollar), hashamatli uyga va avtomobildan foydalanish huquqi va shaxsiy xarajatlar uchun mablag‘ beriladi.  

Nomzod - yaxshi jismoniy tayyorgarlik, qaddi-basti kelishgan, chiroyli yigit bo‘lishi talab etiladi.