TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Kuch ishlatar bo‘limalari tomondan o‘tkazilgan ikkinchi amaliyot davomida Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Ta’kidlanishicha, uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, Atambayev taslim bo‘lishga qaror qildi. Atambayev konvoy kuzatuvi ostida Bishkek tomon olib borilmoqda.
Bundan biroz avvalroq kuchishlatar bo‘linmalari tomonidan mamlakat sobiq prezidentini qo‘lga olish bo‘yicha ikkinchi amaliyotni o‘tkazdi.
“Huquq-tartibot organ xodimlari ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va shovqinli granatalarni qo‘llamoqda. Atambayev darvozasini himoya qilgan odamlar qochib ketdi. Yuk mashinasi yordamida darvoza buzildi. Atambayevning uyidan o‘q otilmoqda”, - deb ta’kidladi huquq-tartibot organlaridagi manba.
Kuni kecha, 7-avgust kuni Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Davlat milliy xavfsizlik xizmati kuchishlatar bo‘linmasi Atambayevni qo‘lga olish amaliyotini o‘tkazishga harakat qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 52 kishi jarohat oldi, bir nafar kuchishlatar bo‘linma harbiysi halok bo‘ldi.
Bugun, 8-avgust, taxminan soat 16:30 Qo‘y-Tosh qishlog‘ida militsiya va muxolifatchilar o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi.