O‘zbekistonga eng mashhur Instagram-blogerlari keladi

O‘zbekistonda 22-27 avgust kunlari World Influencers Congress anjumani o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. O‘zbekistonga avgust oyi yakunida yuzga yaqin Instagram-blogerlari tashrif buyurishadi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Mehmonlar 22-27 avgust kunlari World Influencers Congress anjumaniga keladi.

Blogerlardan Suzanna Brux, u 13 million obunachilarga ega. Bloger o‘z sahifasida Gretsiya, Fransiya, Italiya, Singapur, Germaniya, Chexiya, AQSh, Avstriya va Yaponiyaga sayyohatlar haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, O‘zbekistonga moda olami va shoping haqidagi Senstylable blog asoschisi Reyta Xakaj keladi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonliklar Ravana Bin Xusayna, byuti-bloger Sadaf va fotosuratchi Altuga Galipani ko‘rishi mumkin.

Tadbirning asosiy maqsadi turizmni rivojlantirish, blogerlar global tarmog‘ini kengaytirishga doir g‘oyalar va ilg‘or usullari bilan o‘zaro almashish uchun platforma yaratish ko‘zda tutilgan.