Savdo urushi: Xitoy AQSh qishloq xo‘jalik mahsulotlarni sotib olishni to‘xtatdi

Xitoy kompaniyalari AQSh qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Xitoy kompaniyalari Amerika qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatdi. Xitoy tomoni bu qarorga kelishi AQSh tomonidan avval erishilgan kelishuvlarga amal qilmasligi sabab bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.  

Xitoy harbiy xarajatlarni ko‘paytiradi

AQSh prezidenti Donald Tramp bundan avval 1-sentabrda Xitoy tovarlari uchun 10 foizli bojni kiritish istagi borligini ma’lum qilgandi. Tramp AQSh vakillari 30-31 iyul kuni Xitoyda o‘tkazilgan savdo muzokaralardan qaytganidan keyin bu qarorga keldi.

“Xitoy Davlat kengashi tariflar bo‘yicha qo‘mitasi AQShdan 3-avgustdan so‘ng xarid qilingan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga oshirilgan import bojlarini bekor qilmaydi. Xitoyning tegishli korxonalari Amerika qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatdi”, - deyilgan xabarda.

Xitoy savdo idorasida Xitoy umumiy xajmi 300 milliard dollarlik tovarlarga qo‘shimcha 10 foiz bojlarni kiritish haqida qarori – Osakada ikki davlat rahbarlari erishgan kelishuvni jiddiy buzilishi deb ta’kidlandi.  

Iyul oyi boshida Tramp Xitoy AQSh va’da qilinganidek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olmayotganini aytdi. Savdo nomutanosibligini kamaytirish maqsadida Xitoy Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va energiya manbalarini faol ravishda oshirishga tayyorligini bildirgandi.