Moskva viloyatida o‘zbekistonlik harbiy kinologlar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Voyennoslujashiy VS RUz vo vremya sostazaniya kinologov na konkurse Verniy drug ArMI-2018
Moskva viloyatida o‘tkazilgan bellashuvda o‘zbekistonlik kinologlar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg – Sputnik.  O‘zbekiston kinologlar terma jamoasi Moskva viloyatida o‘tkazilayotgan “Sodiq do‘st” tanlovining birinchi bosqichida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonda ilk bor ArMI-2019  armiya o‘yinlari o‘tkaziladi
Endi O‘zbekistonda: Armiya o‘yinlari-2019

O‘zbekiston Qurolli kuchlari kinologiya xizmati boshlig‘i – jamoa murabbiyi, podpolkovnik Ulug‘bek Jo‘rayev musobaqani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish darajasiga baho berdi.

“Jamoamiz bu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir necha oy davomida tayyorgarlik ko‘rdi. Bu yerda musabaqa o‘tkazish hududida hammasi yuqori darajada tashkillashtirilgan. Ishtirokchilar,mashq o‘tkazish va xizmat itlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kunda bir necha soat mashq o‘tkazish imkoniyati bor”, - dedi Jo‘rayev.

Eslatib o‘tamiz, Moskva viloyatida harbiy kinologlar musobaqasi 3-11 avgust kunlari bo‘lib o‘tmoqda.